Эффект Макаренко o‘z tarmog‘ida joriy yilning 16-mart kuni Dushanbe shahrida “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tayotganligi, mazkur konferensiyada Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari ishtirok etmayotganligi, O‘zbekistondan faqatgina Senator Boriy Alixanov Zoom orqali ishtirok etayotganligini iddao qilgan.
Holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) 2023-yil 16-martda CCSE-2023-L-59-son xat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga murojaat qilgan. Xatda 2023-yilning 16-17-may kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilishi, mazkur konferensiyada mas’ul nomzodning ishtiroki so‘ralgan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2023-yil 18-aprel 05/26-05/1732-son xat bilan murojaat bo‘yicha konferensiyada qatnashish uchun “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish” boshqarmasi boshlig‘i Nodir Qodirovich G‘afurov nomzodi taqdim etilgan. Hozirda Nodir G‘afurov belgilangan tartibda mazkur xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: