“O‘zbekiston 24” telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Andijon viloyati Ulug‘nor tumani fermerlari klasterdan nega norozi?” sarlavhasi ostida berilgan xabar Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Andijon viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida faoliyat olib borayotgan “Vodiy sanoat faxri” MChJ va tuman hududidagi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida paxta xomashyosi va urug‘lik paxta xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
Biroq, shartnoma shartlariga ko‘ra, paxta xomashyolari uchun to‘lovlar “Vodiy sanoat faxri” MChJ tomonidan to‘liq amalga oshirilmagan.
Mazkur holat bo‘yicha Ulug‘nor tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer xo‘jaliklari manfaatlarini ko‘zlab jami 84 ta 20 mlrd 929 mln so‘mlik da’vo arizalari Bo‘ston tumanlararo Iqtisodiy sudiga kiritilgan.
Bo‘ston tumanlararo Iqtisodiy sudining hal qiluv qarorlariga asosan da’vo arizalari qanoatlantirilib, ijroga qaratilganligi ma’lum qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: