2021-yil 2-3-dekabr kunlari Toshkent shahrida CADI (Markaziy Osiyo cho‘llari bo‘yicha tashabbus) loyihasi doirasida Mo‘tadil cho‘llar bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Loyiha Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi va O‘zbekiston, Qozog‘iston hamda Turkmanistonda amalga oshiriladi. Asosiy maqsad noyob ekotizimlar – mo‘tadil cho‘llarni saqlash va ulardan barqaror foydalanishdan iborat.
Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonning mo‘tadil cho‘llari Markaziy Osiyoning global ahamiyatga ega bo‘lgan hududlari qatoriga kiradi. Ular «Butunjahon merosi obyektlari» maqomiga loyiq, ammo tabiiy resurslardan haddan ziyod foydalanish va keng ko‘lamli infratuzilma barpo etish ishlari natijasida xavf ostida qolmoqda.
Tashkilotchilar: FAO (BMT), O‘zR O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Germaniyaning Grayfsvald universiteti va Maykl Zukkov fondi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: