Yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-noyabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 20-bandiga asosan oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlashni rad etish dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zolariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: