Joriy yilda o‘rtacha yillik havo harorati sanoatgacha bo‘lgan davr o‘rtacha haroratidan 1,3-1,6 darajagacha yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Shu sababli, 2024-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida suv bilan bilan ta’minlash, bunda mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish orqali hosildorlikni sezilarli darajada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekin maydonlarini lazerli qurilmaga ega agregatlar orqali tekislash tadbirlarini amalga oshirish orqali suv resurslarini 15-20 foizga iqtisod qilish hamda hosildorlikni 10-15 foizga oshirishga erishiladi.
Demak, lazerli yer tekislash agrotexnik tadbir amalga oshirilganda, ekin maydonida suv bir tekisda to‘g‘ri taqsimlabgina qolmay, ekin maydonini ko‘llatib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: