Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilib, muhokama qilindi.
Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jarayonida “Tezkor sinov”lar laboratoriyasini rekonstruksiya qilish, 7 ta sinov stendi va 26 ta o‘lchash vositalarini xarid qilish hamda 4 ta sinov treklarini qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Texnik topshiriq”lar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi mutaxassislari bilan birgalikda mukammallashtirildi va tender savdolariga taqdim etildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – Markazni bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.
Xalqaro talablarni bajarish uchun sinov laboratoriyasini me’yoriy hujjatlar va xalqaro talablar asosida zarur o‘lchov vositalari va sinov stendlari bilan ta’minlash, sifat menejment hujjatlarini O‘zDSt ISO/IEC 17025:2019, O‘zDSt 3410:2019 ga muvofiq ishlab chiqish, ekspert-auditor mutaxassislarini tayyorlash, maxsus laboratoriya xonalari va tezkor sinovlar uchun ochiq maydonni imitatsiya qiladigan maxsus inshootlarni (treklar) qurish hamda maxsus dasturlar tayyorlash asosiy mezon sifatida belgilab olindi
Markazning zamonaviy o‘lchash vositalari va uskunalar bilan jihozlanishi mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchilari, importyorlar va kichik mashinasozlik firmalarining:
– mahsulotlari sifatining oshishiga;
– sinov xulosalarining xalqaro jamiyat tomonidan tan olinishiga;
– mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xorijda sinovdan o‘tkazish uchun sarflanadigan valyuta xarajatlarini 10 baravarga iqtisod qilinishiga;
– qishloq xo‘jaligi texnikalarining sinov muddatini 12 oydan 3 oyga qisqarishiga;
– klaster va fermerlarga sifatli servis xizmati ko‘rsatilishiga erishiladi.
Natijada qishloq xo‘jaligi texnikalarining sinovini o‘tkazish ishlarini fasllarga bog‘liq bo‘lmagan holda yil davomida amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Sinov xulosalari xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinadi hamda fermer va klasterlarga qishloq xo‘jaligi texnikalarini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: