Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari tashrif buyurgan ko‘rgazmada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va bevosita mezbon mamlakat — Turkmaniston stendlari ham namoyish etildi. Infratuzilma ob’ektlari bilan birgalikda ko‘rgazma maydonining umumiy hajmi 9 ming kvadrat metrni qamrab oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘rgazmada go‘sht-sut, yog‘-moy, shakarpazlik, un, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini taqdim etdi. Urug‘chilik, za’faron ishlab chiqarish va hozirgi vaqtda mamlakatimizda rivojlanib borayotgan yo‘nalish — o‘simliklarni laboratoriya sharoitida in vitro usulida ko‘paytirish hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar AKIS tizimiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston yagona stendi doirasida, shuningdek to‘qimachilik, charm-poyabzal, kimyo, farmatsevtika, zargarlik hamda elektrotexnika sohalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va avtomobilsozlik tarmoqlari ham namoyish etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: