Mahalliy seleksiyaga mansub kartoshka navlari:
“ZARAFShON” navi
Ertapishar nav, o‘suv davri 80-85 kun. Tup balandligi o‘rtacha, barglanishi yaxshi. Bargi o‘rtacha kesilgan, barg bo‘lagi konussimon, to‘q ko‘kimtir rangli, guli oq. Tuganagi tuxumsimon uzunchoq, yuzasi silliq, po‘sti sariq, vazni 80-90g, degustatsion bahosi 4,0 ball. Hosildorligi 22-24 t/ga.
“UMID-2” navi
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 90-95 kun. Tuganagi oq, ko‘zlari binafsha rang, cho‘zinchoq, vazni 140-160 g, yuzasi notekis, degustatsion bahosi 4,5 ball. Tarkibida kraxmal moddasi miqdori 13-13,5%. Hosildorligi 20-24 t/ga. Saqlanuvchanligi yaxshi, tashqi muhit va aynish kasalligiga chidamli.
“TO‘YIMLI” navi
O‘rta-kechpishar nav, o‘suv davri 95-105 kun. Tupi serbarg, yashil rangli, bargi och yashil. Tuganagi oq, yumaloqsimon, eti – oq, ko‘zchalari chuqurroq, vazni 75- 80 g, degustatsion bahosi 4,0 ball. Tarkibida kraxmal modda miqdori 13-14%. Hosildorligi 22-28 t/ga. Saqlanishi yaxshi, issiqqa va kasalliklarga chidamli.
Shuningdek, O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida xorijiy kartoshka seleksiyasiga mansub quyidagi kartoshka navlari rayonlashtirilgan:
“FRESKO” navi
Ertapishar, o‘suv davri 60–65 kun. Palagi o‘rtacha. Barglari yirik. Tuganak shakli yumaloq, ovalsimon, po‘stining rangi sariq, yuzasi silliq, ko‘zlari yuza joylashgan. Etining rangi och sariq. Tuganak o‘rtacha vazni 120–130g, ta’mi 4,5 ball. Hosildorligi 25–28 t/ga. Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha rayonlashtirilgan.
“ROMANO” navi
O‘rta-ertapishar, o‘suv davri 85-90 kun. Palagi o‘rtacha kattalikda, barglanishi va shoxlanishi o‘rtacha. Barg shakli konussimon, qirqilgan, qirralari notekis. Shakli yumaloq, qizil, ko‘zlari yarim chuqur joylashgan. Tuganakning o‘rtacha vazni 150-180 g, ta’mi 4,5 ball. Hosildorligi 25-27 t/ga. Barcha viloyatlarda rayonlashtirilgan.
“SANTE” navi
O‘rta-ertapishar, o‘suv davri 80-85 kun. Palagi o‘rtacha kattalikda. Barglanishi o‘rtacha. Tuganak shakli ovalsimon, rangi sariq, o‘suv nuqtalari yarim chuqur joylashgan. Tuganak o‘rtacha vazni 130-150 g, ta’mi 5 ball. O‘rtacha hosildorligi 28-30 t/ga. Barcha viloyatlarda rayonlashtirilgan
“IMPALLA” navi
Ertapishar, 60-65 kunda pishib yetiladi. Tuganak shakli uzunchoq, etining rangi och sarg‘ish, ko‘zlari yuza. Tuganakni o‘rtacha vazni 100-110 g. Hosildorligi 23-25 t/ga
“ROZARA” navi
Ertapishar, o‘suv davri 70-80 kun. Palagi o‘rtacha. Barglari o‘rtacha. Tuganak shakli uzunchoq, ovalsimon, po‘stining rangi och qizil, yuzasi silliq, ko‘zlari yuza joylashgan. Etining rangi sariq. tuganak o‘rtacha vazni 100 -110 g, hosildorligi 25-27 t/ga.
“ARNOVA” navi
O‘rta-ertapishar, o‘suv davri 70-80 kun. Palagi o‘rtacha kattalikda, barglanishi o‘rtacha. Tuganak shakli ovalsimon, chiroyli, yirik. Po‘stining rangi sarg‘ish, yuzasi silliq, ko‘zlari juda yuza joylashgan. Tuganak o‘rtacha vazni 160-180 g, ta’mi 5,0 ball. Hosildorligi 28-30 t/ga. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda rayonlashtirilgan.
ARINDA navi
Ertapishar, o‘suv davri 60-65 kun. Palagi o‘rtacha. Barglari yirik. Tuganak shakli yumaloq, ovalsimon, po‘stining rangi sariq, yuzasi silliq, ko‘zlari yuza joylashgan. Etining rangi och sariq. tuganak o‘rtacha vazni 120-130 g, ta’mi 4,5 ball. Hosildorligi 25-28 t/ga. Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida rayonlashtirilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: