O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida tadbirkorlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarini (qishloq xo‘jaligi texnikalari, uskunalari va asboblarini xarid qilish) moliyalashtirish uchun Lizing kompaniyalariga mablag‘ ajratish bo‘yicha Jahon banki bilan kelishuvga erishildi.
Shu munosabat bilan, loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan Lizing kompaniyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga murojaat qilishi mumkin.
Manzil: Toshkent sh., Labzak ko‘chasi, 1A-uy
Tel.: (71) 241-31-30
Mail: info.rra.uz
Loyihada ishtirok etish istagini bildirgan Lizing kompaniyalari Jahon bankining talablariga asosan tegishli baholash jarayonlaridan (due diligence) o‘tishlari talab etiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: