Respublikamizda kunjut urug‘ligini ekish, may oylarining oxiri va iyun oyining boshlarida amalga oshiriladi.
Kunjut ekinining o‘suv davri davomiyligi quyidagicha:
– ertapishar – 90 -100 kun.
– o‘rtapishar – 100 -110 kun
– o‘rta kechpishar – 110 -120 kun.
– kechpishar – 120 -140 kun.
Kunjut issiqsevar o‘simlik bo‘lib, tuproq harorati 18-200S bo‘lganda maysalari tez va bir tekisda unib chiqadi. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay harorat 22-250S. Kuz oylaridagi qisqa muddatli salqin (2-30S) harorat ham o‘simlikka salbiy ta’sir qiladi. Kunjut qisqa muddatli sovuqqa ham chidamsiz bo‘ladi.
Respublikamizning tuproq iqlim sharoitiga qarab kunjut ekiladi:
– janubiy hududlarida aprelning uchunchi o‘n kunligida;
– markaziy hududlarda esa may oyi va iyun oyining birinchi o‘n kunligida;
– ekish sxemasi: 90×5, 70×8 va 60x10sm va 2-3sm chuqurlikda ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Urug‘larni ekish me’yori gektariga 8-10 kilogrammni tashkil qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: