Kivano, shoxli qovun yoki afrika bodringi – yil davomida Afrika, Avstraliya, Chili, Gvatemala davlatlarida o‘suvchi ekzotik meva. Yetilganda po‘stlog‘i sariq tikanchalar bilan qoplanadi, eti esa yashil tus oladi.
Po‘stlog‘i ostida sershira, mayin, jelesimon etining mazasi banan va shu vaqtning o‘zida bodring va kivi ta’mini eslatadi. Uni xuddi tarvuz va qovun kabi bo‘laklab, etini po‘stlog‘idan ajratib iste‘mol qilish tavsiya etiladi.
Mevasining hajmi kichik – 15 sm gacha o‘sadi. Mevasi vaqtida uzib olinmasa o’z hajmini o’zgartirish bilan birga ta’mini ham o’zgratiradi.
Inson tanasiga kerakli bo‘lgan vitaminlarni (kalsiy, natriy, temir, magniy) o‘zida saqlaydigan kivanoni muzlatkichda 1 oygacha saqlash mumkin.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: