O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-noyabrdagi PQ–9-son bilan “Germaniya taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolangan bo‘lib, Germaniya taraqqiyot banki tomonidan 26,8 mln yevro kredit va 3 mln yevro grant mablag‘lari ajratilgan.
Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan loyihani amalga oshirishga ko‘maklashish va loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklarini tanlab olish uchun konsultant jalb etadi. Ushbu konsultant loyihada ishtirok etish istagini bildirgan tijorat banklarini Germaniya taraqqiyot banki (KfW) talablari asosida moliyaviy auditdan o‘tkazadi va talablariga javob beradigan tijorat banklarini tanlab olib, sub loyihalar moliyalashtirish boshlanadi.
Bugungi kunda Germaniya taraqqiyot banki mutasaddi rahbarlari tomonidan konsultant yollash bo‘yicha tenderga eʼlon berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: