O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi veb-sayti tezkor aloqa chatiga foydalanuvchilardan savollar kelib tushmoqda. Savollar agrar sohaga oid turli mavzularda bo‘lib, ularga vazirlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida javoblar tayyorlanmoqda.
Kartoshkaning “Vito” navidan ekmoqchi edim. Sizlarda bormi shu navdan?
Kartoshkaning “Vito” navi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlarida mavjud emas hamda ushbu nav O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilmagan.
Amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarga asosan reestrga kiritilmagan kartoshka navlarini olib kirish (urug‘liklar seleksiya va tadqiqot ishlari, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bundan mustasno) va ekishga ruxsat berilmaganligi uchun ekish tavsiya etilmaydi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: