Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Janubiy Koreya mutaxassislari O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan yuqori navli hosildor kartoshka urug‘larini namoyish etdi

AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > Janubiy Koreya mutaxassislari O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan yuqori navli hosildor kartoshka urug‘larini namoyish etdi
Dek 27, 2021 Posted by: Media markaz Fotoreportajlar Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirok etgan tadbir doirasida Janubiy Koreya mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston iqlimi va yeriga to‘liq moslashtirilgan hamda bir gektardan 35 tonnagacha hosil olishga imkon beruvchi yuqori navli hosildor kartoshka urug‘lari namoyish etildi.

“Asl tabiat bog‘lari” va Janubiy Koreyaning “GS-BIO” kompaniyalari bazasida kartoshka urug‘larini yetishtirish uchun tashkil etilgan maxsus issiqxonaga O‘zR Bosh vaziri o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev hamda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher To‘rayev, shuningdek, 20 ga yaqin fermer xo‘jaliklari rahbarlari tashrif buyurdi.

Toshkent viloyatidagi 10 gektar maydonda joylashgan ushbu issiqxona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3558-sonli “Respublikada urug‘lik kartoshka yetishtirishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq respublikamizda chet el texnologiyalari yordamida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, ichki bozorni sifatli kartoshka bilan taʼminlash va kartoshka mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling!

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: