Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida Jahon banki vakili Bayarsaihan Tumurdava, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori Shoxrux Akramov hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuxrat Otajonov va soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, xususan, Qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutlari uchun xarid qilinishi ko‘zda tutilgan laboratoriya uskunalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda Qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutlari Muvofiqlashtirish markazini (Center of Excellence) tashkil etish singari bir qator masalalarni muhokama qildilar.
Loyiha doirasida hamkorlikni kengaytirish hamda amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha istiqbolli rejalar borasida kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: