Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligida Xitoyning «BLUE CARBON TECHNOLOGY INC» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar aynan issiqxona xo‘jaliklarida muqobil energiya manbalarini keng joriy qilish va ulardan unumli foydalanish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Xitoylik mutaxassislar quyosh panellaridan elektr energiya olib, issiqxonalarni yoritish lampalari bilan ta’minlash, sovitish tizimini amaliyotda qo‘llash yuzasidan taqdimot o‘tkazdilar.
Muloqot davomida agentlik rahbariyati hamda «BLUE CARBON TECHNOLOGY INC» kompaniyasi vakillari kelgusida issiqxonalarda sinovlar o‘tkazish va bu orqali ularni muqobil energiya bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldilar.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: