Bioissiqlik mahalliy o‘g‘it tarkibidagi bakteriyalarning faoliyati tufayli kerakli miqdordagi issiqlikni beradi. Yaxshi bioissiqlik tarkibida zarur miqdorda azot moddalari bo‘lib, 65-70% namlikda, yumshoq bo‘ladi. Bunday oziqli sharoitda bakteriyalar tez ko‘payadi va bioyoqilg‘ida harorat ko‘tariladi.
Mol go‘ngi shiltasi ko‘p bo‘lib, sekin qiziydi, issiqlik 40° C dan oshmaydi. Mol go‘ngiga daraxt barglari, quruq xashak qo‘shilsa, uning qizdirish xususiyati yaxshilanadi.
Qo‘y va echki go‘ngi tarkibida azotli moddalar ko‘p, biroq uni namlash talab qilinadi. Mol hamda qo‘y go‘ngini yaxshi qizdirish uchun unga ot go‘ngi (60% ot va 40% mol go‘ngini yoki 30% ot, 40% mol hamda 30% qo‘y qiyi) aralashtirish kerak bo‘ladi.
Normal namlik va zichlikdagi mahalliy chiqindi (axlat) ham yaxshi bioyoqilg‘i hisoblanadi, u 65° gacha qiziydi va issiqlikni uzoq saqlaydi. Agar chiqindi (axlat) juda nam bo‘lsa, unga quruq narsalar qo‘shiladi. Quruq chiqindini namlab yoki mol go‘ngi bilan aralashtirib ishlatish ham mumkin.
Go‘ng va chiqindi parnik o‘rnatish arafasida tayyorlanib, yaqin joyga uyib qo‘yiladi. Zichlanmagan bioissiqlik o‘zining foydali (qizdirish) xususiyatini yo‘qotadi. Nam go‘ng uyumini ortiqcha nam bo‘lishidan saqlash lozim. Uyumdagi qizib ketgan go‘ngni olib tashlab, o‘rniga sovug‘ini qo‘yish va yaxshilab zichlash kerak.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: