Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Issiqxonada eʼtibor qilinishi kerak bo‘lgan tavsiyalar

AGRO.UZ > Issiqxonada eʼtibor qilinishi kerak bo‘lgan tavsiyalar
AGRO.UZ > Issiqxonada eʼtibor qilinishi kerak bo‘lgan tavsiyalar

ISSIQXONADA EKINNI EKISHDAN OLDIN VA EKISH VAQTIDA EʼTIBOR QILINISHI KERAK BO‘LGAN TAVSIYALAR

Issiqxonada samarali hosil olish tamoyillari:

Issiqxonada tuproqni ekishga tayyorlash va yetishtirilgan sifatli ko‘chat hosildorlikning oshishiga hamda mahsulotning sifatli bo‘lishiga zamin yaratadi. Ko‘chat yetishtirishda baʼzi bir jihatlarga, masalan, urug‘ni tanlash, ekiladigan joyni hozirlash, mos sharoit yaratish muhim hisoblanadi. Urug‘ tanlangandan so‘ng navning xususiyatlarini hisobga olgan holda urug‘ ekishga tayyorlanadi. Bunda turli aralashmalar bilan tayyorlangan urug‘likning ekiladigan joyi ham sog‘lom ko‘chat yetishtirish uchun muhim ahamiyatga ega.

 

Vaqtni tanlash: 

Urug‘dan ko‘chat yetishtirishning yana muhim omillardan biri bu vaqtni to‘g‘ri tanlay olishdir. Ko‘chatlar dala maydoniga ekiladigan vaqtda tayyor bo‘lishi kerak. Buning uchun har bitta mintaqaning iqlim sharoitlarini yaxshi bilish kerak. Ko‘chatlar juda ozg‘in, kichik va ortiqcha o‘sgan bo‘lmasligi lozim. Ko‘chat urug‘ unib chiqqandan so‘ng 45–50 kun oralig‘ida ekishga tayyor bo‘ladi. Bu o‘rtacha vaqt hisoblanadi. Baʼzi urug‘lar oldinroq, baʼzilari esa keyinroq unib chiqadi. Ko‘chatning yaxshi unib rivojlanishi uchun yetarli issiqlik kerak bo‘ladi. Issiqlik darajasi past joylarda ko‘chat unib chiqishi sekin kechadi.

 

Ishlov berish: 

Ekish uchun tayyor bo‘lgan ko‘chatlarni yaxshi rivojlanib ketishi uchun eʼtiborga olish kerak bo‘lgan jihatlar bor. Masalan, ko‘chirib o‘tkazishdan oldin ko‘chatlarni iqlim sharoitiga oson moslashishi, tez ildiz yoyishi va turli kasalliklardan himoya qilinishi uchun zarur preparatlar bilan ishlov o‘tkazish kerak. Agar ishlov amalga oshirilmasa, zarur o‘g‘itni sug‘orish tizimi orqali ekish paytida bersa ham bo‘ladi. Shundan so‘ng ko‘chatlarni ekish mumkin. Ekish paytida xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa, hosildorlikka va kasallikka chidamlilikning pasayishiga salbiy taʼsir ko‘rsatmasdan qolmaydi.

 

Xatolar: 

Ekish vaqtida yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan eng muhim xato ekish usuli hisoblanadi. Chuqur yoki yuzaki ekishdan qochish kerak. Urug‘ yerga moslashgandan so‘ng (7–10 kun) ildiz qismi tuproq bilan to‘ldiriladi. Ko‘chat ekilgandan keyin navbatdagi jarayonlarda o‘simlik uchun zarur o‘g‘itlar belgilangan tartibda va meʼyorda berib boriladi.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: