Ipakchilik sanoatini rivojlantirish, sohada yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, ipak mahsulotlari eksport hajmlarini oshirish maqsadida yangi investorlar jalb qilinmoqda.
Xususan, bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi I.Ergashev xitoylik investor, «Anhui Mulberry Biotechnology Co., Ltd.» korxonasi vakili Liu Qinghuni qabul qildi.
Uchrashuvda xitoylik investor tomonidan O‘zbekistonga sarmoya kiritilishi, xususan, yangi pillani qayta ishlash korxonasini qurish, yangi tutzor bunyod etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va loyihaning boshqa qismlari haqida atroflicha kelishib olindi.
Mazkur loyihani ishga tushishi asnosida 600 ta yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish maqsad qilingan.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: