Barcha sohada bo‘lgani kabi agrar sohaning nechog‘lik rivojlanishi ham uning ilmi bilan chambarchas bog‘liq. Biz buni rivojlangan mamlakatlar misolida yaxshi bilamiz. Ularning ekin navlaridan tortib, hosildorligiyu ishlov beradigan texnikasigacha biz uchun namuna.
Biz ham ana shu darajaga erishishimiz lozim. Buning uchun soha ilm-fanini oyoqqa turg‘azish zarur. Shu bois, Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi rahbariyati tashabbusi bilan ushbu maskan olimlarning ilmiy munozaralar platformasiga aylantirildi.
Markazda deyarli har kuni olimlar ishtirokida ilmiy munozaralar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 24-yanvar sanasida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari o‘zlarining ilmiy izlanishlari natijalar xususida ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Taqdimotlar bilan tanishgan ekspertlar ilmiy-tadqiqotlarni pishitish, shunchaki, dissertatsiya yoqlash uchun ilmiy ish bilan shug‘ullanmaslik zarurligi haqida tavsiyalar berdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: