- UO‘K (http://teacode.com/online/udc/ veb saytidan topish mumkin);
- mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida transliteratsiya asosida);
- ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
- mualliflarning elektron pochtasi;
- maqolaning sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
- annotatsiya (100-200 so‘z, o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
- kalit so‘zlar (7-10 so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
- kirish qismi;
- tajriba (tadqiqot) obyekti va uslubiyati;
- tajriba (tadqiqot) natijalari va ularning muhokamasi;
- xulosa;
- adabiyotlar ro‘yxati;
Maqola sarlavhasi, annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google translate, Yandeks perevodchik, PROMT va shu kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi jadval tepasida o‘rtada, rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rtada joylanishi kerak.
Adabiyotlar ro‘yxati GOST 7.1-76 «Nashr etiladigan asarlarning bibliografik tavsifi» talablari shaklida bo‘lishi kerak. Ishlar mualliflar familiyasi bo‘yicha alfavit tartibida dastlab o‘zbek va rus tillari, so‘ngra xorijiy adabiyotlar joylashtiriladi. Bir muallifning alohida ishlari xronologik tartibda bo‘ladi. Jurnal maqolalarida ilova qilinayotgan asarlarning mualliflari ismi va mansabi, maqola sarlavhasi, yili, asarning hajmi ko‘rsatilishi shart. Umumqabul qilingan qisqartmalarga yo‘l qo‘yiladi. Matnda kvadrat qavslarda ilova qilinayotgan asarning tartib raqami (masalan, [1, 2, yoki 10] ko‘rsatiladi. Maqolada keltirilgan barcha ilovalar ilk manba bilan to‘g‘ri kelishi shart. Adabiyotlar ro‘yxatida ilova qilingan barcha adabiyotlar ko‘rsatilishi kerak. Adabiyotlar ro‘yxati alohida sahifaga yoziladi.
Eslatma: Maqola hajmi 3 betdan kam, 5 betdan ko‘p, mualliflar soni esa 4 tadan ko‘p bo‘lmagan holda elektron variantda topshirilishi lozim. Elektron variantda bitta faylda faqat bitta material bo‘lishi kerak. Elektron variantdagi faylning nomi birinchi muallifning familiyasi va shoʻba raqamidan iborat bo‘lishi lozim. Masalan: Berdiyev E.T. 2-shoʻba.rtf.
Fayl *rtf formatida saqlanishi lozim.
Berilgan maqolalar ekspertlar tahlilidan o‘tadi. Ilmiy-amaliy konferensiya mavzusi va nashr talablariga javob bermaydigan, ekspertlar tahlilidan o‘tmagan maqolalar matni qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Materiallarni quyidagi manzilga yuborishingizni so‘raymiz.
Konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti, O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti.
Masʼul xodim: Dustiyorov Mexroj Dilshodovich Tel: +99890-815-75-55
Qo‘shimcha savol va takliflar bo‘yicha: Qishloq xo‘jaligi vazirligi Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘limi Nigmatullayev Baxtiyor Alimovich +99894-645-12-37, +99871-206-70-92.
Ilmiy maqolalar mehrojnur90@mail.ru Email orqali qabul qilinadi.
Maqolalar 2021-yil 15-noyabrga qadar qabul qilinadi.
Maqolalar Toshkent davlat agrar universiteti, “AGRO INFORM” ilmiy jurnalining maxsus sonida chop etiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: