Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Ijro intizomi bo‘limi

AGRO.UZ > Ijro intizomi bo‘limi
AGRO.UZ > Ijro intizomi bo‘limi
image_2
Talipov Mansur Saidovich
Vazirning ijroiya apparati Ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i
Ish vaqti: 09:00 – 18:00
Bo‘limning vazifalari va funksiyalari:

– Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalar o‘z muddatida va sifatli bajarilishini tashkil etish;

– tegishli tarkibiy tuzilmalar, tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarning “Ijro.gov.uz“ (“Germes”) elektron tizimi orqali hujjatlar bilan ishlash, ish yuritish va ijro intizomini tashkil etish sohasidagi faoliyatini qatʼiy nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, vazirlik va idoralar, Qorqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini masʼul bo‘linmalar tomonidan o‘z muddatlarida tashkil qilish, Bo‘lim tomonidan uning muntazam monitoringi va nazorati yuritilishi hamda tizimli o‘rganilishini taʼminlash;

– bo‘lim xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Farmon, qaror, farmoyish, yig‘ilish bayonlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– vazirlik Hayʼati qarorlari, vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishini nazorat qilish;

– bo‘limning yarim yillik va yillik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash va umumlashtirish uchun Yig‘ma-axborot xizmatiga kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishini tashkil etish;

– bo‘limga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, vazirlikning tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarining “Ijro.gov.uz“ (“Germes”) elektron tizimidagi faoliyatiga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

– tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Ijroiya apparat boshlig‘iga takliflar taqdim etish, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, Bo‘limda kadrlar zahirasini shakllantirish;

– qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirish grafiklarining (nazorat rejalari) tayyorlanishini, tasdiqlanishini va ijroga qaratilishini nazorat qilish;

– qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining har haftalik tahlillarini amalga oshirish, ijrosi kechikayotgan topshiriqlarning hisobini yuritish va kechikish sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf qilish yuzasidan vazirlik rahbariyatga takliflar kiritib borish;

– tizim tashkilotlarida ijro intizomi holatini maqsadli o‘rganish ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish va ularning natijalarini har chorak yakunida kollegial organ majlislarida muhokama etish bo‘yicha takliflar kiritish;

– “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Bo‘limda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish;

– vazirlikda ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash holatini muntazam ravishda kuzatib borish, ular natijalari bo‘yicha tayyorlangan umumlashgan maʼlumotlarni vazir, vazir o‘rinbosarlari (shu jumladan vazir maslahatchilari), shuningdek, yuqori turuvchi idoralar so‘roviga ko‘ra, o‘z vaqtida taqdim etilishini tashkil qilish va taʼminlash;

– vazirlik Devonxonasi faoliyatini muvofiqlashtirib borish, kirim qilingan va ijro uchun yuboriladigan topshiriq, ko‘rsatma xatlari va boshqa hujjatlar hamda vazirlikdan chiqib ketayotgan hujjatlar (xatlar) bo‘yicha ularni rasmiylashtirish tartibi va muddatiga qatʼiy rioya etilishini talab qilish;

– vazirlik faoliyatiga tegishli hamda vazirlikka bevosita topshiriq mavjud bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasidan ijro uchun yuborilgan topshiriqlar, shuningdek, vazirlik rahbariyati tomonidan “nazorat”ga olingan hujjatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini nazorat qilish;

– nazorat hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Ijroiya apparat boshlig‘iga tahliliy axborot taqdim etib borish va ijrosi taʼminlangan hujjatlarni nazoratdan olish, ularning muddatlarini uzaytirish yoki doimiy nazoratga olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

– ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha ish rejada belgilangan tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarning faoliyatini kompleks o‘rganish bo‘yicha tuziladigan ishchi guruhlarining faoliyatida faol ishtirok etish.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: