“Buxoro MTRK” telekanali muhbirlari tomonidan tayyorlagan videolavha Buxoro viloyatida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarga bag‘ishlangan.
Unda aytilishicha, bu yil viloyatda 100 ming gektarga yaqin maydonga serhosil, qurg‘oqchilik va kasalliklarga chidamli “Buxoro 6” , “Buxoro 8”, “Buxoro 10” va “Buxoro-102” paxta navlari urug‘lari ekilmoqda. Bahorning qulay fursatlaridan samarali foydalanish maqsadida 300 ta yuqori unumli zamonaviy texnika va 600 dan ortiq turli rusumdagi traktor hamda mexanizmlar mavsumga jalb etilgan. Ularni nazorat qilish va ish unumini oshirish uchun 160 ta ekish otryadi shakllantirilgan.
Mutaxassislarning eʼtirof etishicha, aprel g‘allachilikda hosil taqdirini hal qiluvchi oy sanaladi. Bugungi kunda Buxoroda 60 ming gektar maydonda parvarishlanayotgan “Starshina”, “Alekseyevich”, “Grom” kabi serhosil g‘alla navlari naychalash fazasiga o‘tdi.
2022-yildan boshlab Buxoroda kartoshka ekiladigan maydonlar 5 ming gektarga kengayib, Hindiston va Pokistondan keltirilgan sara navli kartoshka urug‘ini ekish bo‘yicha maxsus tadbir ishlab chiqildi va barcha tumanlarda jadallik bilan olib borildi. Buxoro viloyatida qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida ekin–tikin ishlari sifatli yakunlanmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: