Odatda, оlma zararkunandalariga erta bahordan qarshi kurashiladi. Bunda gullash davri tugaganidan so‘ng, 15-20 kun o‘tgach turli qumursqalarga qarshi ishlov beriladi. Yozda olmaga ishlov berish bir qadar murakkabliklarni tug‘diradi. Chunki, qalin barglari preparatlarning hashoratlarga to‘liq yetib borishiga to‘siq bo‘ladi. Ikkinchidan, pishib yetilgan olmalarni inson organizmi uchun zararli holga keltirishi mumkin. Shuningdek, hosil elementlarining kuyishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun daraxt tanasining pastki qismiga turli suyuqliklar (ko‘pincha oddiy kley ishlatiladi) bilan ishlov berilgan belbog‘lardan foydalanish tavsiya qilinadi. Umuman olganda, mevalar yetilayotgan paytda, olmaga yozda ishlov berish uchun Fufanon, Karbofos, Karate, Alatar, Aktellik, Fitoverm kabi preparatlar tavsiya etiladi. Ularning dozalari va foydalanish usullari xarid qilish jarayonida birgalikda sotiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: