Joriy yilning 12-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Jahon Banki eksperti Аmir Malik Xumoyun bilan uchrashdi.
Unda agrosanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirish, agrar sohadagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, qurilishi rejalashtirilayotgan Center of Excellence va Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining kapital rekonstruksiya ishlari hamda hamkorlikning yangi istiqbollari yuzasidan mavjud kelishuvlar va klasterlar faoliyatini yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yana-da jadallashtirish va kelgusida hamkorlikda yana ko‘plab loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: