Joriy yilning 6-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi binosida agrar sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish loyihalari bilan tanishish, erishilgan natijalar, muammolar va kelgusi vazifani muntazam muhokama qilish va takliflarni amaliyotga joriy etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida “Raqamlashtirish kuni” o‘tkazildi.
Doimiy o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Raqamlashtirish kuni”ning ilk tadbirida Qishloq xo‘jaligi vazirligi departament va boshqarma boshliqlari, mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.
“Raqamlashtirish kuni”da so‘nggi yillarda sohaga joriy etilgan barcha axborot va geoaxborot tizimlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot berilishi bilan birga, hozirgi kunda faol foydalanishda “Geoaxborot tizimi” va “CropAgro” axborot tizimlari, ularni yaratilish tarixi, shakllantirilayotgan ma’lumotlar to‘plami, yaratilgan imkoniyat va avtomatik hisobotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Geoaxborot tizimi negizida yaratilgan, ochiq foydalanishda bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligi geoportali” va “Dehqon bozorlari geoportali”, shuningdek, ixtisoslashtirilgan “Yer degradatsiyasi” geoportali va hududlarning geoportallari, ularda qo‘llanilayotgan zamonaviy masofadan tahlil qilish usullari, shuningdek ekin maydonlarining aniq hisobi, ekinlarni rejalashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda zaruriy ma’lumotlarni shakllantirishda foydalanayotgan “CropAgro” axborot tizimlari batafsil ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan tizimlar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan holda, soha mutaxassislarining fikr va takliflari tizimlardan foydalanishni kengaytirish va takomillashtirish, vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida qo‘llash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: