Joylarda “Ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlarining potensial imkoniyatlari, agrotexnologiyalar, begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlari» mavzusida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.
Ana shunday seminarlardan biri Surxondaryo viloyatida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib o‘tdi. Unda, viloyatning fermer va dehqon xo‘jaliklari, klaster rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida g’alladan yuqori hosil olishda zamonaviy texnologiyalarning o’rni va ahamiyati, ekinlarga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi kurashish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Seminar asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi, eng maqsadlarga yo‘g‘rilgan galdagi muhim ishlarning ko‘lami belgilab olindi. Shubhasiz, bu kabi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: