9-may – Xotira va qadrlash kunini nishonlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida “Inson qadri aziz, xotirasi muqaddas” shiori ostida keng ko‘lamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida vazirlik markaziy apparati hamda Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish markazining bir guruh xodimlari “G‘alaba” bog‘iga tashrif buyurishdi. Dastlab “Matonat madhiyasi” yodgorligi ziyorat qilinib, uning poyiga gullar qo‘yildi.
Shuningdek, “Shon-sharaf” hamda “Vokzal” muzeylari eksponatlari bilan yaqindan tanishildi. O‘zbek xalqining Ikkinchi Jahon urushidagi qahramonligini o‘zida yaxlit ifodalagan bu yodgorlik majmuasi xodimlarda katta taassurot qoldirdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: