Xitoyning “Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd” kompaniyasi yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqarishda yetakchi sanaladi. Ayniqsa, uning zamonaviy paxta terish mashinalariga talab ortib bormoqda.
Farg‘ona viloyatiga ushbu kompaniyaning paxta terish mashinalarini nafaqat olib kelinishi, balki shu yerning o‘zida yig‘ish, o‘quv va servis xizmatlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Viloyat xokimi Xayrulla Bozorov bilan Vang Xin Ting boshchiligidagi Xitoyning “Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd” kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya uchrashuvida shu haqida ma’lum qilindi.
Uchrashuv yakunida Farg‘onada zamonaviy paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishga kelishildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: