Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta’minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya’ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilsa, mazkur ma’lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.
Avval xabar berganimizdek, paxta, boshoqli don ekinlari va meva-sabzavotchilikni moliyalashtirish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi ishlab chiqilmoqda. Vazirlik huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilayotgan ushbu platforma kompleks moliya xizmatlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.
Vazirlik mazkur platformani amaliyotga joriy etish doirasida yana bitta raqamlashtirish loyihasini joriy etmoqda. Mazkur tizim “CropAgro” AT nomini olgan bo‘lib, undan yerdan foydalanuvchilarning ekin yerlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniqligi va dolzarbligini oshirish bilan birga, ularning ochiqligini ta’minlash, fermer va klasterlarning ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqishni tashkil etishga xizmat qilish maqsadida foydalanish ko‘zda tutilgan
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: