Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish orqali ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida http://e-ijara.uz/ orqali takliflarni kiritdik. Shu kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish muddatlari qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar “E-IJARA” ATga bo‘sh turgan yer uchastkasi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ochiq elektron tanlovga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish huquqiga ega. Bunda ijrochi – “O‘zdaverloyiha” DILI tomonidan zaruriyatga ko‘ra boshqa idoralar bilan birgalikda 13 ish kunida ko‘rib chiqishni tashkil etishi belgilangan. Taklif raqamlarini vazirlikning 712067142 yoki 712067149 telefon raqamlari orqali bildirsangiz, ijrochining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan takliflaringiz bo‘yicha javob qaytarilishi nazoratga olinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: