Avval xabar berganimizdek, «IranLab» – xalqaro laboratoriya materiallari va uskunalari 11-xalqaro ko‘rgazmasida Qishloq xo’jaligi vazirligi mutasaddi xodimlari ham ishtirok etmoqda.
Ko’zgazma doirasida qishloq xo’jaligini rivojlantirish yuzasidan manfaatli kelishuvlarga erishilmoqda.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Ma’muriy xo‘jalik xizmati” davlat muassasasi direktori Sh.Sharifov xalqaro ko‘rgazma doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llaniladigan dronlar ishlab chiqaruvchi «Siran UAV» kompaniyasi direktori Hadi Sharifian bilan uchrashdi.
Unda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan dronlarni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish, balki kelgusida ko‘rsatiladigan texnik ko‘rik xizmatlarini ham yo‘lga qo‘yish yo’lga qo’yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: