Joriy yilning 28-fevral sanasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda bir qator dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, Vazirlik hamda uning tizim tashkilotlarida so‘nggi yillarda butun respublika bo‘yicha keng ko‘lamda joriy etilayotgan “Yashil energiya” manbalarini har bir tizim tashkilotlarida joriy qilish, bu orqali energiya tejamkorligini oshirishni nazarda tutuvchi amaliy ishlar qilinishi yig‘ilishda ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari har bir xodim “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida faol ishtirok etib, respublikamizda energiya samaradorligini oshirish hamda tejash bo‘yicha o‘z hissasini qo‘shish kerakligi aytib o‘tildi.
Vazir o‘z navbatida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga investitsiya jalb qilish, ayniqsa qo‘shni mamlakatlar bilan joriy yil amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarni bosqichma-bosqich, eng muhimi aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda amalga oshirish eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi va bu borada mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: