Joriy yilda Toshkent viloyat hududlarida 2024-yil hosili uchun 123 ming gektar maydonda boshoqli don ekinlari parvarish qilinmoqda.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlanishicha bugungi kunda g‘alla maydonlarining 35 ming 146 gektari tuplash hamda 97 ming 854 gektari naychalash fazasida rivojlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, g’alla maydonlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan bahorgi birinchi oziqlantirish (200 kg/ga) hamda bahorgi ikkinchi oziqlantirish (300 kg/ga) ishlari barcha hududlarda bugungi kunda to‘liq yakunlandi.
Shu bilan birga, g’alla maydonlari begona o’tlarga qarshi gerbitsidlar bilan 94 ming 340 gektar yoki 77 foiz, kasalliklarga qarshi fungitsidlar bilan 87 ming 204 gektar yoki 71 foiz hamda zararkunanda va xashoratlarga qarshi insektoakaritsidlar bilan 239 gektar maydonlarda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari 2024-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini makro va mikroelementlar bilan boyitilgan biopreparatlar yordamida bargidan suspenziyalash usulida 109 ming 738 gektar (89%) maydonlarda oziqlantirish ishlari bajarildi.
Shuningdek, g‘alla maydonlarini sharbat bilan sug‘orish maqsadida, aprel oyida joylarda gektariga 3 tonnadan mahalliy o‘g‘it chiqarish belgilangan. Ushbu tadbir bugungi kungacha viloyat hududlarida 25 foizga bajarilganligi ma’lum bo’ldi.
Viloyatda G‘alla maydonlarida “Dolzarb 30 kunlik” davrida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha Inspeksiya tomonidan doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilib boriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: