Navoiy viloyati «Qizilcha qorako‘l naslchilik» MChJda rahbar va mutaxassislar tomonidan qishlov joylariga borib cho‘ponlar holidan xabar olish ishlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, mayda shoxli mollarning semizlik darajasi, qo‘ra-qo‘tonlar, yaylovlar holati, ozuqa qoldiqlari, qo‘ylarning yaylovlarda boqilishini ko‘zdan kechirish, cho‘ponlarga amaliy yordam ko‘rsatish, qo‘y-qo‘zilarni qo‘shimcha oziqlantirish, otarlarga ozuqalar yetkazib berish ishlari nazorat qilinmoqda.
Bundan tashqari, qishlov davrida mayda shoxli hayvonlarni talafot va kasallik ko‘rmasdan olib chiqish masalasi har tomonlama amaliy tavsiyalar asosida qilinishi belgilangan. Shu bois, cho‘pon-cho‘liqlarga bu boradagi amalga oshirilishi lozim ishlar, davriy emlash va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish jadvalini ishlab chiqib, uni o‘z vaqtida joriy etish topshirig‘i berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: