Respublika aholisini 2023-yilda ertaki sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, 2022-yilning noyabr-dekabr oylarida dalalarga to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekilgan. To‘qsonbosti usulida ekilgan sabzi, piyoz, osh lavlagi, ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat ekinlari urug‘lari hali yerdan unib chiqmagan va sovuq zararlashi ehtimoli juda past darajada. Erta bahorda kunlar isishi bilan ekilgan urug‘lar unib chiqa boshlaydi.
To‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish, zarur agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish hamda sovuqdan asrab qolish bo‘yicha olimlarning ilmiy tavsiyalari ishlab chiqilib, joylarga yetkazilgan.
Sabzavot o‘simliklarining sovuq va issiqqa bo‘lgan talabi V guruhga bo‘linadi. Shundan, 2-guruhga eng sovuqbardosh va qishga chidamli ko‘p yillik o‘simliklar (piyoz, sarimsoqpiyoz, shovul, rovoch, yerqalampir (xren)) kiradi. Bu guruhga mansub o‘simliklar qishda -10-15°C va qor ostida bo‘lsa -20-25°C sovuqqa bardosh beradi, ularning yer ostidagi qismlari yaxshi qishlaydi.
Qish fasli ko‘pgina sabzavot o‘simliklari uchun tinim davri hisoblanadi. Sabzavotlarning ko‘p turlari sovuqqa chidamli bo‘lib, hatto sovuqdan himoya qilishga ham ehtiyoj bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda ham lalmi dexqonchilikda qorning ko‘p yog‘ishining foydasi katta, qor yog‘gandan so‘ng u erib tuproqqqa shimiladi. Keyinchalik o‘simlik ushbu namlikdan foydalanib o‘sib rivojlanadi.
Qor bu qishki o‘simliklar uchun ko‘rpa vazifasini o‘taydi. Qor o‘z donalari orasida ko‘plab havo bo‘shlig‘i bo‘lgani uchun ham issiqlikni yomon o‘tkazadi. Qor ko‘rpasining o‘simliklar tomirini sovuq urishidan asrashi sababi ham shunda.
Qorning yana bir foydali jihati, qor yog‘gandan so‘ng kuzatiladigan sovuqlar, yer qatlamining muzlashi hisobiga o‘simliklarga zarar keltiruvchi zarakunandalar, virus va bakteriyalar nobud bo‘ladi, bu esa kunlar isib ketganda zarakunandalar xavfini o‘simlikning o‘sib rivojlanishiga ta’sirini kamaytiradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: