Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” mintaqaviy loyihasi doirasida geografik axborot tizimlari (GIS) laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (FAO) ko‘magida ochilgan GIS laboratoriyasi eng zamonaviy kompyuterlar, server, ma’lumotlar markazi, plotter bilan jihozlandi.
Ochilish marosimida FAO xodimlari yangi laboratoriyaning maqsad va vazifalari, ahamiyati, shuningdek, uning ishlash tamoyillari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazishdi. Institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari eng so‘ngi texnologiyalar asosida jihozlangan yangi laboratoriyaning imkoniyatlari bilan tanishtirildi.
“FAO qishloq xo‘jaligi yerlari, o‘rmonlar, suv resurslarini saqlash va ulardan oqilona foydalanishga alohida e’tibor berib, agrooziq-ovqat tizimlari doirasida atrof-muhitni yaxshilash tarafdori. Shuning uchun biz ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni juda muhim deb bilamiz”, – deydi loyiha milliy boshqaruvchisi Muhammadjon Qosimov.
Ma’lumot uchun: Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti 2004-yilda tashkil etilgan. Ta’lim muassasasining asosiy maqsadi O‘zbekistonning tabiiy boyliklarini o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: