Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov amaliy va ishchi tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.
Tashrifning navbatdagi lokatsiyasi bo‘yicha, “Buxoro Agroklaster” tizimidagi bir qator korxonalar faoliyati bilan bilan yaqindan tanishdi.
Aytish kerak, mazkur korxona bugungi kunda sutni qayta ishlash va qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. 2021-yilda ish boshlagan korxona 6,2 million dollar investitsiya evaziga Italiya va Rossiyadan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan.
150 nafar xodim faoliyat yuritayotgan korxonada yiliga 22 ming tonna sut qayta ishlanmoqda. Ayni paytda korxonada kefir, sut, pishloq, yogurt, qaymoq, smetana kabi qirq yetti turdagi sut mahsulotlari tayyorlanmoqda.
Sut koni foyda, undan tayyorlanayotgan sifatli va sof organik mahsulotlar nafaqat yurtimiz aholisining dasturxoniga yetib bormoqda, balki xorijga ham eksport qilinmoqda.
Vazir bu yerdagi ish jarayoni va mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.
Ish ko‘lami va daromadning ortishi klaster faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Xususan, korxona tizimida yer maydonlari unumdorligini aniqlab beruvchi zamonaviy laboratoriya ishga tushirilgan bo‘lib, Germaniyaning zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan, tuproq tarkibidagi qirqdan ortiq, suv tarkibidagi o‘nga yaqin ko‘rsatkichlarni aniqlash imkoniga ega.
Bu yerda shakllantirilgan ma’lumotlar korxonaning yana bir loyihasi – “Agro Smart Map Uz” platformasiga yuklab boriladi. Shu ma’lumotlar asosida yer egalari kerakli agrotexnologik tavsiyalar oladi.
Vazir o‘z navbatida, fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada rag‘batlantirish, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini ko‘paytirishda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish, masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Konstruktiv muloqot tarzida olib borilgan muloqot chog‘ida vazir, xorijdan olib kelingan urug‘lik asosan, paxta va g‘allachilik sohasida xorijdan olib kirilayotgan sifatli urug‘lik mahsulotlari, jumladan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida o‘z takliflarini o‘rtaga tashladi.
Tadbirkorning o‘z ishiga mehri, topayotgan yuqori daromadi, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro tajriba almashinuv natijasi kelgusida yangi marralarni egallashiga xizmat qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: