Buxoro viloyatining tuproq iqlim sharoiti respublikamizning qolgan viloyatlari tuproq iqlim sharoitlaridan tabiiy namlik defitsiti va turli darajada sho‘rlanganligi bilan farq qiladi.
Buxoro viloyatining tumanlarida tuzlar tarkibini asosan sulfatlar tashkil etib, xloridlar juda kam miqdorda uchraydi, shu bois bu yerlarda tuproq sho‘rlanish tipi sulfatli. Boshqa ayrim tumanlarda sulfat-xloridli va kam holatlarda xloridli sho‘rlanish tiplari uchrab turadi.
Shu boisdan Buxoro viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga mos “Durdona” va “Barqaror” mosh navlari tavsiya etiladi. Bu navlar vegitatsiya davri qisqa va kam suv talab etadigan, o‘rtacha darajada sho‘rlangan tuproqlarda o‘sib rivojlanishi mumkin.
“Durdona” navi. O‘simlikliklar genetik resurlari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan va 2011-yilda Davlat reestriga kiritilgan. Tezpishar nav (70 kun). Tezpisharligi jihatidan respublikada navning analoglari yo‘q. Nav issiqqa va kasalliklarga chidamli, o‘rta sho‘rlangan yerlarda yetishtirish uchun mos. O‘simlik tik o‘suvchan, yarim tarvaqaylagan poyaga ega bo‘lib, bo‘yi 50-60 sm. Poyasida 30 dona va undan ortiq dukkaklar shakllanadi. Har bir dukkakda 8-9 dona urug‘ mavjud. 1000 dona urug‘ vazni 60 g. Doni to‘q zaytunrang tusda. Dukkaklari poyasining ustki qismida shakllanishi terim jarayonini yengillashtiradi. Dukkaklarining birinchi yig‘imi maysalarning paydo bo‘lganidan 40-45 kundan so‘ng amalga oshirish mumkin. O‘simlikdagi dukkaklar dalada chatnab ketmaydi, shu munosabat bilan hosil yig‘imi dukkaklarining to‘liq yetilishi davrida amalga oshiriladi. O‘simlikdagi yetilgan dukkaklari to‘q jigarrang yoki qora tusda bo‘ladi. Intensiv tipdagi nav, kombaynda yig‘ish uchun yaroqlidir. Hosildorligi – 21,0 22,0 – s/ga.
“Barqaror” navi O‘simliklar genetik resurlari ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. Dukkaklarining birinchi terimini maysalari paydo bo‘lgandan 55-57 kundan so‘ng amalga oshirish mumkin. Urug‘ining biologik pishish davri 75 kun. Hosildorlik 23,0-24,0 s/ga tashkil etadi. 1000 urug‘ vazni – 87-91 g. Dukkaklari poyasini ustki qismida shakllanadi. Navning hosili mexanizatsiya yordamida yig‘ib olishga yaroqli.
Navlar Bahorda (15-20-aprel) ekishga va to‘liq hosil olishga yaroqlidir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: