O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi veb-sayti tezkor aloqa chatiga foydalanuvchilardan savollar kelib tushmoqda. Savollar agrar sohaga oid turli mavzularda bo‘lib, ularga vazirlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida javoblar tayyorlanmoqda.
Bog‘dorchilik fermeriman menga subsidiya beriladimi yo‘qmi? Subsidiya asosida qancha so‘m olsam bo‘ladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 95-sonli qarorining 2-band, g-kichik bandida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni o‘z vaqtida talabgorlarning hisobvaraqlariga o‘tkazib berishga mas’ulligi belgilab qo‘yilgan. Yuqoridagilarga ko‘ra, yangi intensiv bog‘da tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlari va burg‘ilangan quduq, shuningdek, nasos stansiyasini qurish ishlari yakunlangandan so‘ng yuqoridagi qaror talablaridan kelib chiqib, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga murojaat qilishingiz mumkinligini bildiramiz.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: