O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida Marhamat tumanida joylashgan noyob tut navlarining jahon kolleksiyasi deb nom olgan “Ipak ko‘chat klaster” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.
Qariyb 31 gektar hududni egallagan pillachilikka ixtisoslashgan klasterlar negizida ipak qurtini boqish uchun tut plantatsiyalarini tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 240 dan ortiq nav, shakl va duragaylar mavjud.
Asosan ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, respublikamizning turli hududlari, jumladan 6 ta xorijiy mamlakatga ham eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan. Bugun amaldagi yerga yana 100 gektar miqdorida yana qo‘shimcha yer olish ustida ish olib borilmoqda.
Ma’lumki, jahon bozorida Xitoyning ipak tolasi sifati va yetishtirish texnologiyasining ilg‘orligi jihatidan birinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda ham mana shunday serhosil pilla qurtini boqish va undan sifatli ipak tolasini olish maqsadida tashkil etilgan mazkur klasterning bugun o‘z laboratoriyasi ham ega.
Ayni kunlarda Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarga tut ko‘chatlarini eksport qilish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Aytish kerak, pillachilik yurtimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan sanalishi bilan birga, ipak ishlab chiqarish ota-bobolarimizning boy madaniy merosi hamdir. Shu bois, mazkur qadriyatni davom ettirish bugungi davrning muhim masalalaridan sanaladi. Maqsadga erishish uchun ipak qurtining ozuqa bazasini mustahkamlash, sifatini yaxshilash hamda qurt boqish uchun yaroqli tut ko‘chatlarini yetishtirish muhim o‘rin tutadi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham o‘z navbatida pillachilikni rivojlantirish, ipak qurtining ozuqa bazasini shakllantirish masalalari haqida so‘z yuritar ekan, bunda dunyoning yetakchi mamlakatlarida yetishtirilayotgan tut ko‘chat navlarini olib kelib mahalliylashtirish borasida o‘z takliflarini bildirdi.
Shuni alohida aytish joizki, ushbu mo‘jazgina jonzotni parvarishlashda yangi tashkil etilgan “Onalik bog‘i” dagi ko‘chatlar alohida parvarish qilinadi. Sabab esa, boshqa yangi ko‘chat navlarini yetishtirishda mazkur bog‘ning ahamiyati katta.
Bu esa, o‘z navbatida ipak qurti yetishtiruvchi klasterlar uchun ozuqa yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. E’tiborlisi, ushbu klaster bu yerdagi aholini ish bilan ta’minlab, qanchadan qancha oilalarning farovonligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: