Bugun Qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi sohaviy tadbir – 19-Xalqaro “Agro sanoati – AgroWorld 2024” ko‘rgazmasiga start berildi.
Unda 21 mamlakatdan agrar soha uchun mo‘ljallangan eng yangi ishlanmalar va texnikalar, qishloq xo‘jaligining barcha sohalari uchun zarur bo‘lgan 135 ta kompaniya vakillari tomonidan innovatsion yangi uskuna va texnologiyalar namoyish etilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston agrar sohasida muhim voqea sanalgan mazkur ko‘rgazma bilan yaqindan tanishish maqsadida “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida agrar soha uchun mo‘ljallangan eng yangi ishlanmalar va texnikalar, qishloq xo‘jaligining barcha sohalari uchun innovatsion uskunalar, chorvachilik, parrandachilik uchun omixta-yem ishlab chiqarish texnologiyalari, suv tejovchi yangi ishlanmalarini ko‘zdan kechirildi va xalqaro tashkilot vakillari bilan muloqot olib borildi.
Ko‘rgazmada namoyish etilgan qishloq xo‘jaligi sanoati tarmoqlarining keng spektri, namunalar va namoyish etilgan uskunalar va texnologiyalarning ishlatish maqsadining turli xilligi buning yaqqol dalili. Shu ma’noda, ko‘rgazma pavilonlaridan don, omuxta yem, issiqxonalar, bog‘dorchilik, parrandachilik, chorvachilikka oid mahsulotlar, veterinariya, shuningdek, chorva va parranda so‘yish, go‘sht xomashyosini birlamchi qayta ishlash uskunalari, fermer xo‘jaliklari va parrandachilik fabrikalari uchun uskunalar, baliqchilik xo‘jaliklari uchun texnologiyalari o‘rin olgan.
Bu mahsulotlar O‘zbekiston, Avstriya, Belarus Respublikasi, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Iordaniya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Serbiya kabi davlatlarning kompaniyalari tomonidan taqdim etilmoqda. E’tiborlisi, bu yil ishtirokchilar geografiyasi kengaydi.
Aytish kerak, AgroWorld Uzbekistan – soha mutaxassislarini har yili biznes-uchrashuvlar, tajriba almashish va qishloq xo‘jaligi sohasida yangi asbob-uskunalar hamda texnologiyalarni namoyish etish uchun birlashtiradigan professional maydondir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: