O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi va “Axborot tizimlari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi o‘rtasida 2021-yil 16-dekabr kuni hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hujjatni Agrosanoatni raqamlashtirish markazi nomidan direktor Saidagzam Alimov, Axborot tizimlari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi nomidan direktor Nozimjon Daliboyev imzoladi.
Memorandum maqsadi – O‘zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan ish va tadqiqot amaliyotlariga ko‘maklashish orqali zamonaviy axborot texnologiyalari, shuningdek, ta’lim faoliyati sohasida hamkorlik va rivojlanishdir.
Memorandum doirasida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish jarayonlarini o‘rganishning zamonaviy usullari, tajriba, ilmiy-tadqiqotlar, bilimlar almashish orqali agrosanoat majmuyini raqamlashtirish sohasidagi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikning quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan:
1) jahon tajribasini inobatga olgan holda agrosanoat kompleksi biznes jarayonlarini raqamli o‘zgartirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va ishtirok etish;
2) agrosanoat majmuyi agrosanoatni raqamlashtirish kompleksini va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalar doirasida tadqiqot olib borish uchun Technocorp kompaniyasini jalb qilish;
3) agrosanoatni raqamlashtirish kompleksi va raqamli iqtisodiyot doirasida qo‘shma innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalari va tahliliy ishlarni tashkil etish;
4) agrosanoat majmuasini raqamlashtirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida qo‘shma treninglar, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish va o‘tkazish;
5) boshqaruv xodimlarining malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash.
Tomonlar agrar soha kelajagi ko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlariga keng tatbiq etilishi va jadal rivojlanish uchun eng yaxshi istiqbollarni ochib beradigan raqamli texnologiyalarga bog‘liqligini ta’kidladilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: