Bugun Toshkent davlat agrar universitetida “Agrosanoat tizimida ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini mustahkamlash, tarmoq jamoa kelishuvlari ijrosi hamda yangi qabul qilinayotgan kelishuvlar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi – ijtimoiy mehnat masalalari komissiyasi a’zosi Eshmirza Abdualimov, O‘zbekiston ASM xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Erkin Bayniyazov hamda vazirlik, qo‘mita va uyushmalarning “Ijtimoiy mehnat masalalari komissiyasi” a’zolari ishtirok etishdi.
Seminarda tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida hozirgi kundagi holatlar tahlil qilindi hamda bir qancha fikrlar tinglandi. Shuningdek, tarmoq jamoa kelishuvlari ijrosini ta’minlash yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.
Eshmirza Abdualimov o‘z navbatida, tizimda qilinishi kerak bo‘lgan bir qancha ishlar yuzasidan takliflarini bildirib, Kasaba uyushmalarining faoliyatini yuqori bo‘g‘indan tortib, quyi bo‘g‘ingacha muvofiqlashtirish, har bir tashkilotda ish faoliyatini olib borayotgan Kasaba uyushmasi xodimlariga shart-sharoitlarini yaratish, texnik bazasini yaxshilash borasidagi takliflarni o‘rtaga tashladi.
Seminar asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami belgilab olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: