Xabaringiz bor, kuni kecha Davlatimiz rahbari raisligida qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan va soha mutasaddilarga joriy yilgi mavsumda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan edi.
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida vazirlik va uning tizim tashkilotlari rahbarlari, boshqarmalar boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirokida Davlatimiz rahbarining videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalar ijrosi, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati, hamda ijro nazorati va fuqarolar murojaatlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda dastlab, vazir Ibrohim Abdurahmonov ijro intizomi va fuqarolar murojaatlari bo‘yicha to‘xtalar ekan, aholi tomonidan qilingan har bir murojaat nafaqat insonlar taqdiriga, balki butun yurtdoshlarimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan agrar soha va oziq-ovqat xavfsizligidek muammolarning yechimiga bog‘liq ekanligini, shu bois ularni e’tiborsiz qoldirmasdan o‘z vaqtida tegishliligi bo‘yicha mas’ul boshqarma va departamentlar bilan birgalikda o‘rganib chiqish va hal etish lozimligini aytib o‘tdi.
Videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tilgan bog‘dorchilik, urug‘chilik, baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik kabi yo‘nalishlarda integratsiyani mustahkamlash va bu yo‘nalishlarda xorijiy davlatlar bilan rejalashtirilgan xalqaro loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yig‘ilishda Xitoy Xalq Respublikasi, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari bilan hamkorlikdagi loyihalarning bugungi kundagi holati tahlil qilinib, ularni jadallashtirish bo‘yicha mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berildi.
Bugun yurtimiz agrar tarmog‘ini ilm-fan va innovatsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois Ibrohim Abdurahmonov vazirlik tizimidagi oliy o‘quv yurtlari talabalari va tizim tashkilotlarida mehnat qilayotgan yoshlar orasidan eng iqtidorli yoshlar guruhini shakllantirish lozimligini ta’kidlar ekan, ushbu guruhning qanday faoliyat yuritishi va ularning agrar soha rivojiga qo‘shadigan hissasini ham aytib o‘tdi. Mazkur guruhni shakllantirish bo‘yicha Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati va vazirlik yoshlar yetakchisiga kerakli ko‘rsatmalar berdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: