Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Achchiq qalampir

AGRO.UZ > Achchiq qalampir
AGRO.UZ > Achchiq qalampir

Qalampir tomatdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, madaniy holda Sapsicum annuum L. turi ekiladi.

Achchiq qalampir o‘simligi bundan 6 ming yil oldin hindular tomonidan madaniylashtirilgan. Uning vatani Meksika va Gvatemala bo‘lib, hozirgacha uni u yerda yovvoyi holda ko‘p yillik buta sifatida uchratish mumkin. O‘zbekistonda qalampirning achchiq va chuchuk (shirin) xillari o‘stiriladi. Achchiq qalampir issiqqa, namlikka va tuproqdagi oziq moddalarga nihoyatda talabchanligi bilan farq qiladi va o‘sish davrining uzoq davom etishi bilan ajralib turadi. Qalampir yorug‘liksevar o‘simlik.

Mamlakatimiz hududida deyarli barcha viloyatlarda achchiq qalampirning 8 ta navi ekiladi.

Mamlakatimizda yetishtirilgan achchiq qalampir mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinadi.

O‘rtapishar nav. O‘sish davri meva biologik pishib yetilguncha 123-125 kun. Past bo‘yli, mevasi qizil, cho‘ziq konussimon.

Mevalari o‘simlik tupida tikkaroq bo‘lib, yuqori tomonga qarab joylashgan. O‘rtacha kattalikda, yuzasi biroz notekis. Texnik pishganda yashil, biologik pishgach qizil.

Hosildorligi gektaridan 14-18 t. Bir tup o‘simlikdan 20-30 ta meva olinadi. Taʼmi achchiq. Oziq-ovqat sanoatida qayta ishlab va yangiligicha isteʼmol qilish mumkin.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

1950-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav. Yarim achchiq guruhga kiradi.

Mevasining rangi to‘q qizil, shakli konussimon, vazni 19-20 g.

Hosildorligi gektaridan 10-11 t ni tashkil etadi. Nihollar to‘liq paydo bo‘lgandan 67 kundan keyin o‘simlik yoppasiga gullaydi, 85 kundan keyin mevasi texnik yetiladi va 118 kundan keyin esa mevasi biologik pishib yetiladi.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

1993-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida faqat Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, texnik pishguniga qadar o‘sish davri – 140 kun.

Tupi o‘rtacha, yig‘iq, poya uzunligi – 60 sm.

Mevasi konussimon, dona-dona, yuqori tomonga qarab joylashgan, texnik yetilganda – to‘q yashil, biologik yetilganda – to‘q qizil, yuzasi silliq, bir oz qabariqli, vazni – 28 g, taʼmi – achchiq.

Hosildorligi – 27 t/ga.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2009-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida faqat Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rta kechpishar nav, biologik pishgunga qadar o‘sish davri – 140 kun. Tupi o‘rtacha, yig‘iq, o‘simlik balandligi o‘rtacha – 60 sm.

Mevasi konussimon, dona-dona, yuqori tomonga qarab joylashgan, texnik yetilganda – sarg‘ish-yashil, biologik yetilganda – qizil, yuzasi silliq, vazni – 32 g, taʼmi – achchiq.

Hosildorligi – 25 t/ga.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2010-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, biologik pishgunga qadar o‘sish davri –140 kun.

Tupi o‘rtacha, yig‘iq, poya uzunligi – 60 sm. Bargi o‘rtacha, to‘q yashil.

Mevasi konussimon, dona-dona, past tomonga qarab joylashgan, texnik yetilganda – to‘q-yashil, biologik yetilganda – to‘q qizil, yuzasi silliq, vazni – 10,3 g, taʼmi – achchiq.

Hosildorligi – 25 t/ga.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2015-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav.

O‘sish davri – 115-122 kun.

Tup balandligi – 60-65 sm.

Mevasi konussimon uzunchoq, vazni – 35-40 g, taʼmi – yarim achchiq.

Hosildorligi – 22-26 t/ga.

Qayerda yaratilgan: Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.

2015-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Tupi yarim yig‘iq, shtambli, o‘rtacha barglanuvchan, o‘rta bo‘yli.

Meva shakli konussimon, dona-dona. Yuqori tomonga qarab joylashgan. O‘rtacha kattalikda, yuzasi biroz notekis. Texnik pishganda yashil, biologik pishgach, qizil. Etining qalinligi 1,2-2,0 mm. Vazni 10 gr, uzunligi 13-15 sm. Bir tup o‘simlikdan 20-30 ta meva olinadi. Tami achchiq. Konserva sanoatida qayta ishlash va yangiligicha istemol qilish mumkin. O‘sish davri 70 kun.

Hosildorligi o‘rtacha 40,0 t/ga ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Fransiya davlatining “GSN” firmasining duragayi.

2009-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida faqat Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Tupi yarim yig‘iq, o‘rtacha barglanuvchan, o‘rta bo‘yli.

Meva shakli konussimon. O‘rtacha kattalikda, yuzasi biroz notekis. Texnik pishganda yashil, biologik pishgach to‘q qizil. Vazni 35 g, uzunligi 12-16 sm. Bir tup o‘simlikdan 25-30 ta meva olinadi. Tami achchiq. Konserva sanoatida qayta ishlash va yangiligicha isteʼmol qilish mumkin. O‘sish davri 80 kun. Hosildorligi 45,5 t/ga ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Yaponiya davlatining “SAKATA” urug‘chilik firmasining duragayi.

2015-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: