Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning keyingi manzili «Fergana Frans» MCHJ tomonidan barpo etilgan uzum plantatsiyasi bo‘ldi.
MCHJ bugungi kunda 538 gektar maydonni o‘zlashtirgan bo‘lib, shuning 400 gektar maydoniga uzum ekilgan. Bu yerdagi navlar sanoatbop va vinobop uzum hisoblanadi. Bundan tashqari 10 gektar yer maydoni tajriba tariqasida ajratilgan. Qo‘shimchasiga issiqxona ham qurilgan. Bu issiqxonaga uzum ko‘chatlari ekilmoqda va shu yerning o‘zidayoq bog‘ga ko‘chirib o‘tqiziladi, ya’ni bir joyning o‘zida korxonaning ko‘chatchilik tajriba stansiyasi ham mavjud. Yaqin kunlarda bu yerda yangi laboratoriya ish boshlashi bo‘yicha loyihalar ketyapti. Vazir Aziz Voitov shu yerda soha mutaxassislari bilan suhbatlashar ekan In-vitro usulida eng so‘nggi ishlanmalarni qo‘llash nuqtai nazaridan laboratoriya tashkil etish bo‘yicha ham bir qator fikrlar o‘rtaga tashlandi.
Shundan so‘ng, Aziz Voitov «Fergana Frans» MCHJning “Wine Garden” uzumni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida u yerga tashrif buyurdi. O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasi soatiga 44 tonna uzumni qayta ishlash quvvatiga ega. Bu yerga dunyodagi yetakchi kompaniyalarning texnologik liniyalari olib kelib o‘rnatilgan. 120 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu yerda vino mahsulotlari ishlab chiqarish 2 yo‘nalishga bo‘lingan, ya’ni ishlash va qayta ishlash. Bundan tashqari bu yerda 5 ta davlatga eksport yo‘lga qo‘yilgan. 20 dan ziyod mahsulot turi mavjud. Korxonada maxsus omborxona tashkil qilingan bo‘lib, 25-30 yillik mahsulot namunalari saqlanmoqda.
Bu esa o‘ziga xos ajoyib yangilik.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: