Shu kunlarda Toshkentda o‘tkazilayotgan fermerlar ishtirokida tajriba almashinuv haftaligi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Aytish kerakki, haftalik doirasida o‘tayotgan tadbirlarda tegishli vazirliklar, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fermerlarni qiynayotgan muammolarga yechim izlanmoqda, takliflar o‘rtaga tashlanib, istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida ochiq muloqotda o‘zaro fikr almashilmoqda.
Tadbirda respublikaning turli tumanlaridan 200 dan ziyod fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etmoqda.
Bugun haftalik doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari fermerlar bilan uchrashdilar. Fermerlar faoliyatidagi dolzarb jihatlar o‘rganildi, har bir konkret holat atroflicha tahlil etilib, tavsiyalar berildi. Shuningdek, fermerlarga qishloq xo‘jaligi sohasida davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, soha istiqboli haqida batafsil tushuntirildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining saylovoldi dasturida ko‘rsatilgan to‘rtinchi strategik maqsaddan kelib chiqib, suv resurslari kamayishining oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirishda fermer xo‘jaliklarining tutgan o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
Erkin muloqot ruhida o‘tgan tadbirda fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.
Fermerlar ishtirokida tajriba almashinuv haftaligi 31-iyulga qadar o‘z ishini davom ettiradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: