Vengriyalik organik o‘g‘it ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonda ham faoliyat yuritishga qiziqish bildirdilar. Amaliy tashrif bilan ushbu Sharqiy Yevropa mamlakatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov “Agriturf” kompaniyasi rahbari Andras Dovgal bilan uchrashdi.
Ma’lumki, tuproq unumdorligini tiklashda, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda, ayniqsa mahsulot sifatini yaxshilashda organik o‘g‘itlardan keng foydalanish katta ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga dadil olib chiqayotgan O‘zbekiston uchun, organik mahsulot yetishtirishni ta’minlash dolzarb vazifa sanaladi va bunda organik o‘g‘itlardan foydalanishning roli kattadir.
Ushbu vazifani hal qilish maqsadida, uchrashuvda O‘zbekistonning o‘zida organik o‘g‘it ishlab chiqarish masalasi ko‘tarildi. Bu borada “Agriturf” kompaniyasining tajribasi, imkoniyatlari o‘rganildi. Kompaniya rahbari Andras Dovgal O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi rivoji va salohiyatini yuksak baholab, o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanligini izhor qildi. Muzokaralar samarasi o‘laroq, mazkur kompaniya tomonidan O‘zbekistonda organik o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Organik o‘g‘it qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga Yevropa bozori talablariga mos yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: