Respublika bo‘yicha 26-iyun holatiga 747 ming gektar (65%) suvli g‘alla maydonlari o‘rildi hamda hosildorlik o‘rtacha 71 s/ga ni (2022-yilga nisabatan 4,2 s/ga ko‘p) tashkil etib, 5 315 ming tonna hosil yig‘ishtirib olindi.
Shundan, 75 ta tijorat vakillari tomonidan 2 565 ming tn, jumladan 2 325 ming tonna tovar don (1 283 ming tn davlat resurslariga xarid qilish va 1 042 ming tn birja savdolarida sotish uchun vaqtincha saqlash), 2024–yil hosili uchun 241 ming tonna sara urug‘lik don jamg‘arildi.
Bugungi kunga qadar g‘alla hosildorligi Surxondaryo viloyatida 75,3 s/ga, Farg‘onada 74,9 s/ga, Sirdaryoda 74,1 s/ga, Namanganda 73,8 s/ga, Xorazm va Toshkentda 73,0 s/ga hosil olmoqda.
Aytish kerakki, joriy yilda fermer va g‘allachilik klasterlarida jami 1 142 ming gektar (sh.n. 1 026 ming ga suvli, 115 ming ga lalmi) maydonlarda boshoqli don ekinlari yetishtirildi.
Hosildorlikni oshirish maqsadida biologik eskirgan navlar o‘rniga yangi yuqori hosilli, ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli 12 ta (shundan, 8 ta mahalliy) kuzgi bug‘doy navlarining maydoni 585 ming gektarga kengaytirildi.
Ekish mavsumi o‘tgan yillarga nisbatan 10-12 kun erta yakunlanib, oktyabrning uchunchi 10 kunligi va noyabr oyidagi yog‘ingarchiliklar hisobiga asosiy g‘alla maydonlarini tuproqning tabiiy namiga undirib olindi.
Joriy yil yanvar oyidagi anomal sovuq oqimi kirib kelishidan 1-2 kun oldin yoqqan qor g‘alla nihollarini sovuqdan saqlab, bug‘doy nixollarini to‘liq tinim davrini o‘tash imkonini berdi.
Shuningdek, mart-may oylarida azotli mineral o‘g‘itlar bilan 3 marta (750-800 kg/ga fizik holda) hamda makro-mikroo‘g‘itlarga boyitilgan biostimulyatorlar bilan suspensiya usulida 4-5 marta bargidan oziqlantirildi.
Aprel va may oylarida ob-havoning g‘alla rivojiga qulay kelganligi, ya’ni gullash, sut-mum pishish davrida boshoqdagi don to‘lishiga zamin yaratdi.
G‘alla hosilini uyushqoqlik bilan qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olish uchun 2 557 ta otryadlar tashkil etilib, unga 3 205 ta yuqori unumli kombaynlar, 14 725 ta yuk avtomobillari, 1 000 ta traktor tirkamasi, 1 261 ta ko‘chma ustaxonalar va 1 134 ta yonilg‘i qo‘yish shahobchalari biriktirildi.
G‘allaning pishish holatidan kelib chiqib, Surxondaryo va Qashqadaryoda 22–24-mayda, Sirdaryo, Toshkent va Buxoroda 29-mayda, Jizzaxda 31-may hamda Farg‘ona va Navoiyda 2-iyun, Andijon, Samarqand va Xorazmda 5-iyun hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8–iyundan g‘alla o‘rim ishlariga kirishildi.
Hosildorlik ko‘rsatkichi o‘rtacha har gektardan 73-75 sentnerni tashkil qilayotgan bo‘lsa, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Uchqo‘rg‘on, Pop, To‘raqo‘rg‘on Mirzacho‘l, Paxtakor, Qamashi, Norin, Oltinsoy, Sariosiyo, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod, Termiz, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Buvayda, Dang‘ara, Quva, Oltinariq va Furqat tumanlarida o‘rtacha 76-80 s/ga yetgan.
Ayniqsa, Mirzacho‘l tumanidagi “Og‘abek Sobirovich”, Uchqo‘rg‘ondagi “Farxod zamin tolasi”, “Toshpo‘lot xoji ota”, Kattaqo‘rg‘ondagi “Jamolov Lutfullo dalalari”, Angordagi “Ikki do‘st Surxon Angor”, Jarqo‘rg‘ondagi “Otaqum Umidli Baraka”, “Mirkamol Dostonovich”, “Toshmurod bobo Abdullox”, Qumqo‘rg‘ondagi “Xurshid Jo‘raev”, Boyovutdagi “Bekzod Obloqulov”, “Mexnatkashga omad yor”, “Sayoxat zavqi”, Bekoboddagi “Boqieva Nazira agro”, Yuqorichirchiqdagi “Ibrohim agro fayz”, Buvaydadagi “Alqor agrotex”, “Buyuk Zafar”, Quvadagi “Komiljon Dilafuruz Ismigul” fermer xo‘jaliklari 95-100 sentner hosilidorlikka erishdilar.
Bu kabi ijobiy natijalarni fermer xo‘jaliklaridagi manfaatdorlik yildan-yilga oshib borayotgani bilan ham izohlash mumkin.
Respublikada g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in davom etib, qolgan g‘alla hosilini qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olish bo‘yicha barcha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rilib, mavsum yakuniga jami 8 mln tonnadan ortiq don o‘rib olish maqsad qilib qo‘yilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: